Quvonchli yangilik

alt
Klinikamizning bosh shifokori Rahmonov Oybek Muxammadmo'ydinovich dissertatsiyani yoqlab, PhD — Tibbiyot fanlari falsafa doktori faxriy unvonini oldi!
Quvonchli yangilik! Klinikamizning bosh shifokori Rahmonov Oybek Muxammadmo'ydinovich dissertatsiyani yoqlab, PhD –— Tibbiyot fanlari falsafa doktori faxriy unvonini oldi!
Bu kamdan-kam mutaxassislar muyassar bo'ladigan oliy akademik unvondir. 
Oybek Muxammadmo'ydinovich ko'p yillar davomida tinimsiz mehnat qilib, uzluksiz ta'lim olgan va malakasini oshirgan. Tibbiyot institutini tugatganidan so'ng u АDMI hamda O'zR SSV Urologiya ilmiy markazida klinik ordinaturadan o'tgan. Quyidagi xorijiy davlatlarida bilimini oshirgan:
• Yevropa Urologiya assotsiatsiyasi dasturi doirasida Vengriyaning Budapesht shahrida «Onkourologiya va rekonstruktiv urologiya» mavzusida internatura;
• Hindistonning Puna shahrida «Uretra strikturasining turli shakllarida rekonstruktiv va tiklovchi amaliyotlar» mavzusida internatura;
• Italiyaning Аretstso shahrida «Uretra strikturalarida rekonstruktiv» mavzusida internatura;
• Jahon Laparoskopiya klinikasida magistratura. Gurgaon shahri, Hindiston.
Ko'plab seminar va anjumanlarda ishtirok etgan, shuningdek O'zbekiston, Yevropa va xalqaro darajadagi ilmiy hamjamiyat va uyushmalarning a'zosi:
• O'zbekiston Respublikasining ilmiy urologik assotsiatsiyasi;
• Yevropa Urologik assotsiatsiyasi;
• Laparaskopik jarrohlar xalqaro assotsiatsiyasi.
Klinikamizda xalqaro darajadagi nufuzga ega mutaxassis faoliyat yuritayotganidan faxrlanamiz va butun jamoamiz nomidan Oybek Muxammadmo'ydinovichga PhD faxriy unvoni muborak bo'lsin deymiz!

Клиники Ташкента, Стоматология, Акушерство, Аллергология, Андрология, Анестезиология, Венерология

Клиника Kasmed, Вирусология, Гастроэнтерология, Гематология, Гепатология, Гинекология

Беременность, роды и послеродовой период, Болезни глаза и его придаточного аппарата

Болезни желудочно-кишечного тракта, Болезни зубов и полости рта

Болезни кожи и подкожной клетчатки
Болезни костно-мышечной системы и соединительной ткани
RSS feed for this page